Aros - O'zbekistondagi eng yirik telefon aksessuarlari va zapchastlar savdo tashkiloti. Biz uning ichki IT jamoasimiz: asosiy boshqaruv tizimi, xodimlar nazorati (Staff), moliya (Finance) va analitika dasturlarini o'zimiz quramiz va rivojlantiramiz. Yozgan kodingiz ertasiga real ishlab turgan biznesda ishlatiladi. Jamoamiz kichik - har bir dasturchi o'z yo'nalishiga to'liq egalik qiladi.
Bu ish siz uchun, agar:
- Claude Code / AI vositalari bilan cheklovsiz ishlay olsangiz. AI'dan foydalanib tezlikni 3-5 barobar oshira olgan odam bizga kerak. Muhimi: AI chiqargan kodni tushunib, tekshirib, javobgarlikni o'z zimmangizga ola bilishingiz.
- Ish vaqti, tartibi va deadlinelarga masuliyatli bo'lsangiz
- Muammoni ko'rsangiz o'z yechimingizni bera olsangiz va "bu mening vazifam emas" demasangiz
- Yosh dasturchilarga yo'l ko'rsata olasiz, code review qila olasiz, texnik qaroringizni asoslay olasiz.
- Backend asosiy yo'nalishingiz, lekin kerak bo'lganda frontendga ham kirishasiz. Bizda backend dasturchilar frontendni ham muvaffaqiyatli olib chiqishmoqda
Texnik talablar
- Python + Django / DRF bo'yicha kamida 2-3 yil amaliy tajriba
- PostgreSQL: schema loyihalash, query optimizatsiya
- REST API loyihalash tajribasi
- Git, Gitlab
- Docker, Elasticsearch
- Redis, Celery
- Test yozish (pytest)
- Frontend asoslari (JS/HTML/CSS) mukammal bo'lishi shart emas, lekin qo'rqmasligingiz kerak
Biz taklif qilamiz
Ish haqi: - - -
Texnik qarorlarni o'zingiz qabul qilish erkinligi
AI vositalariga to'liq kirish (Claude subscribtion kompaniya hisobidan)
Kichik jamoa, ortiqcha byurokratiya yo'q
Ish grafigi: Ofis Toshkent shahri 5/2, 08:00-17:00
Tanlov jarayoni
Rezyume
Qisqa suhbat (30 daqiqa)
Amaliy topshiriq - AI vositalaridan foydalanishingiz mumkin va tavsiya etiladi. Kodni qanday yozganingizni tushuntira olishingiz muhim.
Yakuniy suhbat

