First seen by Alion on Oct 26, 2026.
- Macroverse (macroverse.uz) - Toshkentdagi IT-kompaniya. Biz kompyuter ko'rish (kamera video oqimlarida obyektlarni aniqlash) va sun'iy intellekt asosidagi ilovalar ustida ishlaymiz. Jamoamizga tajribali Computer Vision / ML Engineer qidiryapmiz.
Vazifalar:
- obyektlarni aniqlash va kuzatish (detection, tracking) modellarini o'qitish va optimallashtirish (YOLO, RT-DETR va boshqalar);
- dataset tayyorlash va annotatsiya jarayonini tashkil qilish (CVAT);
- RTSP kamera oqimlari bilan ishlash, real vaqtda inference;
- modellarni production'ga chiqarish (ONNX/TensorRT, Docker) va sifatini monitoring qilish;
- ilovalarimiz uchun AI funksiyalarni ishlab chiqish (LLM, RAG, API integratsiyalar).
Talablar:
- Data Science / Machine Learning sohasida 3-5 yillik tajriba;
- Python, PyTorch, OpenCV'ni yaxshi bilish;
- kamida bitta CV loyihani production'gacha olib chiqqan bo'lish;
- Git, Linux, Docker;
- o'zbek tilini erkin bilish (jamoaning ish tili); rus va ingliz tillarini bilish katta afzallik.
Afzallik: LLM va RAG bilan tajriba, MLOps, edge-qurilmalarda inference, GitHub yoki Kaggle'da portfolio.
Shartlar:
- Toshkentda ofis, to'liq stavka, 5/2;
- mehnat shartnomasi asosida rasmiy ishga qabul;
- ish haqi kelishiladi (suhbat natijasiga ko'ra);
- real loyihalar va texnik yechimlar arxitekturasiga ta'sir qilish imkoniyati.
Ariza yuborishda GitHub yoki portfolio havolasini qo'shing.

