FERRO jamoasiga Kotlin Full Stack Developer qidiramiz
Bizga backend, frontend va mobil dasturlash yo‘nalishlarida ishlay oladigan, Kotlin ekotizimini yaxshi biladigan kuchli dasturchi kerak.
Talablar:
- Kotlin dasturlash tilini yaxshi bilish;
- Android dasturlash bo‘yicha bilim va tajriba;
- Spring Boot bilan backend ishlab chiqish tajribasi;
- SQL va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash;
- Kotlin Multiplatform - KMP bilan ishlay olish;
- Jetpack Compose texnologiyasini bilish;
- Kotlin JS bilan ishlash tajribasi;
- REST API va tashqi servislar integratsiyasini tushunish;
- Git orqali jamoaviy ishlay olish;
- Toza, tushunarli va sifatli kod yozish.
Asosiy vazifalar:
Backend yo‘nalishida:
- Yangi REST API’larni ishlab chiqish va mavjudlarini rivojlantirish;
- Tashqi servislardan API orqali ma’lumotlarni olish;
- Tashqi servislarni kompaniya tizimlariga integratsiya qilish;
- Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash;
- Backend tizimining barqarorligi va tezligini ta’minlash.
Frontend yo‘nalishida:
- Kotlin JS va React JS loyihasida yangi sahifalarni yaratish;
- Mavjud sahifalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
- Frontend qismini API orqali backend tizimiga ulash;
- Xatolarni aniqlash va bartaraf etish;
- Loyihani rivojlantirish bo‘yicha texnik yechimlar taklif qilish.

